Kompaniyangizni cho'ntagingizda boshqaring
Nuvi AI CRM, reklama kabinetlari va Telegram'dan ma'lumotni o'zi yig'adi, muammoni oldindan ko'radi va har kuni ertalab nima qilish kerakligini o'zbek tilida aytadi.
Faqat o'qish rejimi: tizimlaringizda hech narsani o'zgartirmaydi
Hisobot so'rash shart emas. Nuvi AI o'zi ko'radi va aytadi
Rahbar soatlab jadval titkilamaydi: muhim narsa o'z vaqtida, qisqa va tushunarli keladi.
Ertalabki hisobot
Har kuni Telegram'da: sotuv plan bo'yicha qayerda, qaysi loyiha e'tibor kutyapti va bugun nima qilish kerak.
Javobsiz lidlar
Mijoz 30 daqiqadan ko'p javob kutsa, darhol xabar: qaysi loyiha, qaysi menejer, qancha kutyapti.
Reklama tahlili
Lid narxi oshsa, sababini zanjir bo'yicha topadi: ko'rish narxi, bosish, chastota yoki forma.
Qarz undirish
Bugun kimga qo'ng'iroq qilish kerak, kim va'dasini buzgan, qaysi menejerda qancha qarz bor.
Jamoa reytingi
Har dushanba har bir menejer bo'yicha natija va bitta aniq tavsiya. Raqamdan, taxmindan emas.
Kontent studiya
Reels ssenariy, hook va post: loyihalaringiz faktlaridan, sizning ovozingizda. Ovozli suhbat ham bor.
Ish kuni boshidan oxirigacha yoningizda
Hisobot tayyor
Kofe ichguningizcha: kecha nima bo'ldi, bugun qaysi uchta ishga e'tibor berish kerak.
Ogohlantirish
"Yangi turar-joy" loyihasida 3 ta lid javobsiz qoldi. Mas'ul menejer va kutish vaqti bilan.
Savol-javob
"Nega bu oy sotuv sekin?" deb yozasiz yoki aytasiz. Nuvi AI raqamlar bilan sababini tushuntiradi.
Kontent
Ertangi Reels uchun ssenariy: loyiha faktlari, kuchli hook va suratga olish rejasi.
Uch qadam, bir hafta ichida
Ulaymiz
CRM, reklama kabinetlari va Telegram faqat o'qish huquqi bilan ulanadi. Sizdan hech qanday texnik ish talab qilinmaydi.
O'rgatamiz
Loyihalar, planlar va jamoa kiritiladi. Nuvi AI kompaniyangiz qanday ishlashini bilib oladi.
Ishlaydi
Ertasi kundan hisobotlar, ogohlantirishlar va savol-javob. Telefon, kompyuter va Telegram'da.
Ma'lumotlaringiz faqat sizniki
Har bir yordamchi alohida serverda, alohida bazada ishlaydi. Boshqa mijozlar bilan hech narsa aralashmaydi.
Faqat o'qishCRM va reklamada hech narsani o'zgartirmaydi, o'chirmaydi, yubormaydi.
Shifrlangan bazaBarcha ma'lumot shifrlangan holda saqlanadi, kalit faqat serverda.
Ismlar yashiriladiSun'iy intellektga xodim va loyiha nomlari kodlangan holda boradi.
Kompaniyangiz uchun shunday yordamchi
Ariza qoldiring: biz bog'lanib, kompaniyangiz tizimlarini ko'rib chiqamiz va yordamchi nimalarni qila olishini ko'rsatamiz.
Odatda bir ish kuni ichida javob beramiz
Ariza qabul qilindi
Tez orada siz bilan bog'lanamiz. Rahmat!